Kurs haqida
Biznesni o’rganish kurslari haqida umumiy ma’lumot
Ushbu dastur kelajakda o’z ish faoliyatini tadbirkorlik, menejment yoki marketing sohasida davom ettirmoqchi bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangadir. Biznes tuzilishi va yuritilishiga ulkan e’tibor qaratgan va dunyo miqyosida tan olingan kurslar talabalarni biznes nazariyasi va uning asoslari bilan tanishtiradi. Dasturni o’zlashtirish, biznes bilan bog’liq bo’lgan keyingi fanlarni o’rganish va dunyoning nufuzli universitetlariga kirish uchun zarur bo’lgan bilim darajasiga ega bo’lishni kafolatlaydi.

Quyidagi Universitetlar
Biznesni o’rganish asoslari diplomi
- Sunderland Universitetida Biznes, Huquq va Turizm fakultetlari bo’yicha kirish oldi kurslari (http://www.sunderland.ac.uk/ug/)
- Charles Sturt Universitetida Buxgalteriya hisobi bakalavri http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/accounting)
- Charles Sturt Universitetida Biznes bakalavri (moliya) (http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/bachelor-business-finance)
- Charles Sturt Universitetida Biznes bakalavri (kadrlar boshqaruvi)
(http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/business-human-resource-management) - Charles Sturt Universitetida Biznes bakalavri (Menejment) (http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/business-management)
- Charles Sturt Universitetida Biznes bakalavri (Marketing)
(http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/bachelor-business-marketing) - Charles Sturt Universitetida Biznes tadqiqot bakalvri (http://futurestudents.csu.edu.au/courses/business/bachelor-business-studies)
- Anglia Ruskin Universitetida Biznes boshqaruvi va sog’liqni saqlash bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Biznes va mehmonxona menejmenti bakalvri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universiteti Biznes va kadrlar boshqaruvi bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Biznes va Huquq bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Biznes va marketing bakalvri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Biznes va turizm bakalavri
(http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate) - Anglia Ruskin Universitetida Xalqaro biznes boshqaruvi bakalavri
(http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate) - Anglia Ruskin Universitetida Xalqaro biznes boshqaruvi bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Huquq va buxgalteriya hisobi bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
- Anglia Ruskin Universitetida Huquq bakalavri (http://lca.anglia.ac.uk/undergraduate)
Diskleymer: ushbu ro’yxat to’liq emas…
Dastur tuzilishi
Kursni o’rganish yo’li
Level 3 Diploma in Business Studies ni muvaffaqiyatli tamomlashni istagan talaba 4 ta asosiy va 2 ta ixtiyoriy modul (fanlar) ni muvaffaqqiyatli yakunlamog’i shart. Barcha modullar jami 60 kreditlarni tashkil etadi, ya’ni umumiy malaka vaqti 600 soat (TQT) va 360 soatlik yo’naltiruvchi ta’lim (GLH).
Modul raqami | Modul nomi | Kreditlar soni | GLH | TQT |
R/616/0686 | Introduction to Research and Academic Skills (Ilmiy tadqiqot va akademik mahorat kirish qismi) | 10 | 60 | 100 |
J/616/2712 | Using IT for Business (Biznesda IT amaliyoti) | 10 | 60 | 100 |
D/616/0691 | Introduction to Economics and Accounting (Iqtisodiyot va buxgalteriyaga kirish qismi) | 10 | 60 | 100 |
L/616/2713 | Introduction to the Business Environment (Bizne muhitga kirish qismi) | 20 | 60 | 100 |
R/616/2714 | Managing Business Events (Biznes marosimlarini boshqarish) | 10 | 60 | 100 |
D/616/2716 | Introduction to Marketing (Marketing kirish qismi) | 10 | 60 | 100 |
Ta’lim natijasi
Siz nimani kutishingiz kerak
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash talabalarni ilg’or biznes fanlari bilan tanishtiradi va ularga Level 4 (ya’ni xorijiy Bakalavr dasturining birinchi) kursida o’qish huquqini beradi. Buyuk Britaniya Malaka va imtihonlar Reglamenti davlat boshqaruvi (Ofqual) Birlashgan Qirollikning aksariyat universitetlari Level 3 Diploma in Business Studies diplomini tan oladilar, yani LGSB universitetida olingan 1 yillik ta’lim, Buyuk Britaniya universitetlaridagi 3 yillik Bakalavr dasturi bo’yicha tahsil olish huquqini beradi.
Qabul qoidalari
Asosiy kursga kirishga talablar
Akademik talablar
Talabnoma topshirish uchun talaba 16 yoshdan katta bo’lishi kerak.
Bundan tashqari siz to’liq o’rta ma’lumotga ega bo’lishingiz va quyidagi hujjatlarga ega bo’lishingiz kerak:
- Kasb-hunar kolleji diplomi; yoki
- Akademik litsey diplomi; yoki
- O’rta ta’lim shahodatnomasi
Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat
- IELTS Band Score 5.0 (kamida 5.0 har bir seksiyadan) faol sertifikati yoki tasdiqlangan ekvivalent;
Izoh: IELTS sertifikatiga ega bo’lmagan abituriyentlar ingliz tilidan ichki imtihon topshirishlari shart.
Muhim: Qabul to’g’risida xabarnomaga ega bo’lish uchun nomzodlar tanlov komissiyasidan o’tishlari shart.
Ta’lim narxi
To’lovlar va to’lov usullari
NARXI: 70,000,000 UZS
Yuqorida ko’rsatilgan narx – bir yillik dastur narxi
To’lov haqida ma’lumot: to’lov quyidagi uch qism bo’yicha amlaga oshirilishi mumkin:
- Shartnoma tuzilgan kundan boshlab to’lovning 25% qismi 5 ish kuni ichida to’lanishi lozim;
- To’lovning 25% qismi ta’lim dasturi boshlanishidan kamida 10 kun oldin oto’lanishi lozim;
- To’lovning 50% qismi ta’lim dasturi boshlanganidan boshlab 50 kalendar kun ichida to’lanishi lozim.
QANDAY murojaat
Hujjatlar Qanday Topshiriladi
Hujjatlar quyidagi tarzda taqdim etiladi:
- Biz quyida keltirilgan barcha kerakli hujjatlarning pechat shaklini quyidagi manzilda joylashgan ofisimizda qabul qilamiz: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, O’zbekiston Ovozi ko’chasi, 21. Mo’ljal Eco Park va Shef Burger.
Kerakli hujjatlar:
- Arizaning to’ldirilgan shakli
- Kasb-hunar kolleji / akademik litseyni tamomlaganligi to’g’risida diplomning ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi
- Motivatsiya xati (250-300 so’z)
- IELTS sertifikati (agar bor bo’lsa)
- Pasport nusxasi
Muhim: kirish uchun qo’yilgan minimal talablarga rioya qilish Toshkentdagi London Oliy Biznes Maktabiga qabul qilinishni kafolatlamaydi. Buning uchun sizga LGSB komissiyasi tomonidan nomzodga o’qishga qabul qilinganligi to’g’risida bildirishnoma xati taqdim etilmog’i lozim.

MUROJAATINGIZDAN SO’NG NIMALAR YUZ BERADI?
Biz arizangiz bo’yicha imkon qadar tez qaror qabul qilishga harakat qilamiz. Agar malakangiz to’g’risida qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa, siz bilan bo’glanamiz.
Bizning jamoamiz sizdan nimani o’rganmoqchi ekanligingizni, oldingi malaka yoki tajribangiz haqida ma’lumotlar so’rashi mumkin.
USHBU KURSGA ARIZA TOPSHIRISH
Bugun bizga qo’ng’iroq
Agar sizni qiziqtirgan kurs haqida savollaringiz bo’lsa, bizga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Bizning risolamiz
Bizning hozir va kelgusida mavjud bo’lgan barcha kurslarimiz bir joyda jamlangan – ma’lumotnomani yuklab oling.
bizga elektron pochta
Agar sizni qiziqtirgan kurs haqida savolingiz bo’lsa, bizning elektron pochta manzilimizga yuboring.