Kurs haqida

NCUK International Foundation Kurs haqida

NCUK Foundation dasturi – bu Buyuk Britaniyada oliy ta’lim olish uchun qo’yilgan birinchi qadam.
Ushbu dastur talabalarni bizning hamkor universitetlarimizga (https://www.ncuk.ac.uk/our-universities/) bakalavriatning birinchi kurs dasturiga qabul qilishga tayyorlash uchun mo’ljallangan. Hozirgi kunda LGSB ushbu dasturni O’zbekistonda taklif etuvchi yagona ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universitetlariga kirish uchun talab etiluvchi bir yillik «NCUK International Foundation Year» ta’lim dasturi ilk marotaba ona yurtimizda mavjuddir. Ixtisoslashtirilgan ingliz tili va tegishli madaniy ko’nikmalardan tashqari, talabalar o’z istaklariga ko’ra qo’shimcha fanlarni ham o’rganishlari mumkin.

Boshlanish vaqti:

Universities

Keyingi o’rganish yo’llari

London Graduate School of Business (LGSB) NCUK Universities

Kelgusida ta’limni davom ettirish mumkin bo’lgan Universitetlar

Qabul qoidalari

Asosiy kursga kirishga talablar

Akademik talablar

Talabnoma topshirish uchun talaba 16 yoshdan katta bo’lishi kerak.

Bundan tashqari siz to’liq o’rta ma’lumotga ega bo’lishingiz va quyidagi hujjatlarga ega bo’lishingiz kerak:

  • Kasb-hunar kolleji diplomi; yoki
  • Akademik litsey diplomi; yoki
  • O’rta ta’lim shahodatnomasi
Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat
  • IELTS Band Score 5.0 (kamida 5.0 har bir seksiyadan) faol sertifikati yoki tasdiqlangan ekvivalent;

Izoh: IELTS sertifikatiga ega bo’lmagan abituriyentlar ingliz tilidan ichki imtihon topshirishlari shart.

Muhim: Qabul to’g’risida xabarnomaga ega bo’lish uchun nomzodlar tanlov komissiyasidan o’tishlari shart.

Ta’lim narxi

To’lovlar va to’lov usullari

NARXI: 95,000,000

Yuqorida ko’rsatilgan narx – bir yillik dastur narxi

To’lov haqida ma’lumot: to’lov quyidagi uch qism bo’yicha amlaga oshirilishi mumkin:

  • Shartnoma tuzilgan kundan boshlab to’lovning 25% qismi 5 ish kuni ichida to’lanishi lozim;
  • To’lovning 25% qismi ta’lim dasturi boshlanishidan kamida 10 kun oldin oto’lanishi lozim;
  • To’lovning 50% qismi ta’lim dasturi boshlanganidan boshlab 50 kalendar kun ichida to’lanishi lozim.

QANDAY murojaat

Hujjatlar Qanday Topshiriladi

Hujjatlar quyidagi tarzda taqdim etiladi:

  • Biz quyida keltirilgan barcha kerakli hujjatlarning pechat shaklini quyidagi manzilda joylashgan ofisimizda qabul qilamiz: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, O’zbekiston Ovozi ko’chasi, 21. Mo’ljal Eco Park va Shef Burger.

Kerakli hujjatlar:

  • Arizaning to’ldirilgan shakli
  • Kasb-hunar kolleji / akademik litseyni tamomlaganligi to’g’risida diplomning ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi
  • Motivatsiya xati (250-300 so’z)
  • IELTS sertifikati (agar bor bo’lsa)
  • Pasport nusxasi

Muhim: kirish uchun qo’yilgan minimal talablarga rioya qilish Toshkentdagi London Oliy Biznes Maktabiga qabul qilinishni kafolatlamaydi. Buning uchun sizga LGSB komissiyasi tomonidan nomzodga o’qishga qabul qilinganligi to’g’risida bildirishnoma xati taqdim etilmog’i lozim.

London Graduate School of Business LGSB UK University in Uzbekistan Tashkent Apply Courses

MUROJAATINGIZDAN SO’NG NIMALAR YUZ BERADI?

Biz arizangiz bo’yicha imkon qadar tez qaror qabul qilishga harakat qilamiz. Agar malakangiz to’g’risida qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa, siz bilan bo’glanamiz.

Bizning jamoamiz sizdan nimani o’rganmoqchi ekanligingizni, oldingi malaka yoki tajribangiz haqida ma’lumotlar so’rashi mumkin.

USHBU KURSGA ARIZA TOPSHIRISH

BUGUNOQ MUROJAAT QILISH

Bugun bizga qo’ng’iroq

Agar sizni qiziqtirgan kurs haqida savollaringiz bo’lsa, bizga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

+998 71 205 98 98

Our prospectus

All of our available and future courses in one place – download our brochure.

Download Brochure

bizga elektron pochta

Agar sizni qiziqtirgan kurs haqida savolingiz bo’lsa, bizning elektron pochta manzilimizga yuboring.

info@lgsb.org.uz