London Graduate School of Business

Nizom va qoidalar

Toshkentdagi London Oliy Biznes Maktabi Siz tanlangan dastur bo’yicha ta’lim olishga taklif etadi, unda siz yakuniy natija sifatida xorijiy universitetdagi oqish va kurslarga qabul qilinib, ta’lim olishingizga muvaffaqiyatlar tilaydi. LGSB o’zining xalqaro hamkorlari ko’magida ingliz tilida zamonaviy dasturlarni taklif etuvchi oliy o’quv yurti hisoblanadi. LGSB o’z dasturlarini yorug’, zamonaviy va xavfsiz xonalarda olib boradi. LGSB bilan birgalikda ish olib borish davrida samarali o’quv muhitni qo’llab-quvvatlovchi bir qator qoidalarni ishlab chiqdik:

LGSB Siz tanlagan universitetlarda Sizga mos keluvchi kurslarni tanlash va o’qish uchun so’rov qoldirish bo’yicha o’z maslahatlarini berishiga va qo’llab-quvvatlashiga ishonchingiz komil bo’lishi mumkin. Xususan, bizning o’qituvchilarimiz tomonidan quyidagilarni kutishingiz mumkin: o‘z vaqtida puxtalik bilan ish ko’rish; darslaringizni qiziqarli tarzda olib borish; mavzuni tushunishga yordam berish; o’quv dasturini quvnoqlik bilan to’liq bajarish; topshiriqlar va imtihonlarga Sizni tayyorlash; uy vazifasini bajarganingiz va uni baholashda ishingiz to’g’risida fikr-mulohazalarni taqdim etish, agar shaxsiy o’qituvchingiz sifatida tayinlangan bo’lsa, Sizga yordam berish va qo’llab-quvvatlash.

1. Student Attendance Policy

2. Qoldirilgan kunlar ta’limini takrorlash

A. Talaba darslarni qoldirgan bo’lsa, u o’tkazib yuborgan mavzularni takrorlashga ko’mak beriladi. O’qituvchi qoldirilgan ishlar bo’yicha yordam beradi ammo yetishmayotgan materiallarni to’plashda talabaning o’zi javobgar hisoblanadi.

B. Rejalashtirilgan barcha imtihon va kurslarda qatnashish zarurligi talabalarga batafsil tushuntiriladi, shuningdek, qoldirilgan mashg’ulotlar ham shu qatorda.

3. Talabalarning faolligi va ishtiroki

A. LGSB talabalar va o’qishga qaratilgan yondashuv bo’yicha ish yuritadi. Talabalarni o’quv jarayoniga jalb qilish uchun loyihalar, munozaralar, taqdimotlar va boshqa faol o’quv faoliyatlari qo’llaniladi. Shu sababli o’quvchilar barcha darslarda qatnashibgina qolmay, barcha topshiriqlar va muhokamalarda ham faol ishtirok etishlari muhim hisoblanadi. Talabadan o’qish davomida ochiq va g’ayratli bo’lishi talab etiladi.

B. Talaba darslarga katta e’tibor berishi va guruh ishlari, ma’ruza mashg’ulotlarida ishtirok etishi kerak. Talaba lektorlar bilan doimiy aloqada bo’lishi va topshiriq yoki atamalarni tushunmagan taqdirda savol berishi kerak.

C. Mashg’ulot paytida mobil telefonlar va shunga o’xshash qurilmalardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Barcha mobil qurilmalar ovozsiz rejimga o’tkazilishi va faqat lektorning ko’rsatmasiga binoan tegishli vazifalar uchun foydalanishi kerak.

D. Talabalarga berilgan topshiriqlar, xususan: insholar va yozma kurs ishlari, taqdim etilgan shablonlarga muvofiq tayyorlanishi kerak, jumladan muqova sahifasi, maydonlarni formatlash, sahifalarni raqamlash va havola tizimidan foydalanish. Havolalarni Garvard uslubidagi to’ldirish shartli hisoblanadi.

E. Talabalar qo’shimcha ravishda ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishi kerak, masalan LGSB o’qituvchilari va tayinlangan instruktorlar tomonidan olib boriladigan repetitorlik mashg’ulotlari va maslahatlar.

F. Talabalar va ma’muriyat o’rtasida samarali aloqa o’rnatish maqsadida guruh vakillari saylanishi mumkin. Guruh vakillarining roli va vazifalari Talabalar Forumi qoidalari bo’yicha tartibga solinadi.

4. Uy vazifasi va kech topshirilgan topshiriq uchun intizomiy jarimalar

A. Talabalar berilgan uy vazifalarini, shu jumladan o’qish bo’yicha topshiriqlarni bajarishlari shart.

B. O’z muddatida topshirilgan ishlar 100 balli baholash shkalasi bo’yicha belgilanadi.

C. Kech topshirilgan ishlarni baholash kechiktirilgan har bir kun uchun 10% ga kamayib boradi. Quyidagi jadvalda qanday qilib ballar hisoblanishi ko’rsatilgan.

Mavjud bahongizni quyidagilarga ko’paytiring:

0 kun 5 kun 0.5
1 kun 0.9 6 kun 0.4
2 kun 0.8 7 kun 0.3
3 kun 0.7 8 kun 0.2
4 kun 0.6 9 kun 0.1

Masalan, agar topshiriq ishi 50/100 yoki 50% ballga ega bo‘lsa, ammo topshiriq bir kunga kech topshirilsa, u baribir 100 balli shkala bo‘yicha baholanadi, lekin foizda berilgan baho 0,9 ga ko’paytiriladi. Bu holatda, 50%lik topshiriq ishining yakuniy bahosi 45% tashkil etadi.

5. Tildan foydalanish

A. LGSBning maqsadlaridan biri talabalarni ingliz tilida o’qitish va Buyuk Britaniyada qo’llaniladigan ta’lim amaliyotlari, shu jumladan etika va sinf mashg’ulotlari bilan tanishtirishdir. Shuning uchun talabalar dars davomida faqat ingliz tilidan foydalanishlari, shu jumladan tengdoshlari bilan aloqada ham, agar o’qituvchi guruh muhokamalarida boshqa tillardan foydalanishga ruxsat bermasa.

B. Talabalar, agar boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, o’qituvchilar murojaat qilganda tegishli qoidalardan (“mister/miss o’qituvchining familiyasi” yoki “doctor o’qituvchining familiyasi”) foydalanishi kerak.

C. Talabalarga ingliz tilini maktabda va hatto uning tashqarisida ham, shu jumladan ingliz tilidagi ijtimoiy tarmoqlar, filmlar o’qish, tengdoshlar bilan muloqot qilishda har qanday aloqa vositalarida qo’llashda tavsiya etiladi. Talabalar o’zlarining lektorlari va o’qituvchilaridan mustaqil foydalanish uchun tegishli materiallar bo’yicha maslahatlarni qabul qilishlari mumkin.

6. Salomatlik va xavfsizlik

A. Talabalar sinfxonalarni va xonalarni toza va ozoda saqlashlari kerak.

B. Maktab o’qish uchun xavfsiz joy sifatida berilgan maqomni ta’minlash va saqlab qolish uchun o’quvchilar hurmatni namoyon etishlari va aql-idrokni bilan ish ko’rishlari kerak. Masalan, yong’in/suv toshqini haqida xabar berishlari va sayohat davrida xavfli bo’lishi mumkin bo’lgan sumkalarni qoldirmasliklari.

C. Talabalarning umumiy o’quv joylari va zallarda, ayniqsa darslar va imtihonlar paytida tinchlikni saqlashlari lozim.

D. LGSB talabalar mulkisining xavfsizligi uchun javobgar emas, shuning uchun biz talabalardan hushyor bo’lishlarini va barcha qimmatbaho narsalarni o’zlariga saqlashlarini so’raymiz.

E. Xonaga faqat vakolatli shaxslarning kirishiga ruxsat beriladi. Shu sababli, biz talabalarning ota-onalari yoki do’stlaridan maktabga kirishda shaxslarini tasdiqlashlari so’ralganda ma’lumotlarni taqdim etishlarini so’raymiz.

F. Shuningdek, LGSBda videokuzatuv tizimi ishlaydi.

7. Intizom va namunali xulq

A. Kollegial va akademik muhitni saqlash uchun barcha talabalar bir-biriga, ularning ustozlari va lektorlariga, shuningdek akademik va ma’muriyat xodimlariga hurmat ko’rsatishlari kerak. Sinf xonalarida talabalar lektorlarning barcha ko’rsatmalariga amal qilishlari kerak, ijobiy – ta’lim faoliyatida ishtirok etishlari, salbiy – samarasiz va buzg’unchi xatti-harakatlarni to’xtatishlari kerak; masalan, sinfda ingliz tilidan boshqa tildan foydalanish, telefonlardan foydalanish, agar joyni o’zgartirish bo’yicha ko’rsatmalar bo’lmagan bo’lsa dars paytida yurish va hokazolar.

B. Agar talaba ko’rsatmalarga rioya qilmasa, o’qituvchi tomonidan birinchi og’zaki ogohlantirish beriladi, agar talaba samarasiz faoliyat bilan shug’ullanishni davom ettirsa yoki ilmiy faoliyat bilan shug’ullanmasa, undan darsdan chiqib ketishni so’raladi va uni darsga kelmagan deb belgilab qo’yiladi. Agar o’quvchi o’quv jarayonini qattiq chalg’itsa, sinfdoshlariga yoki o’qituvchiga nisbatan tajovuzkorlik yoki haqorat harakatlarini qilsa, u maktabdan kun bo’yiga chiqib ketishi so’raladi va u kun davomida kelmagan deb belgilab qo’yiladi. Vasiylar bu haqda tegishli ravishda xabardor qilinadi. Tegishli hollarda maktab xodimlari ushbu jarayonda yordam berishlari mumkin. Ikkala holatda ham lektor voqea haqida hisobot yozadi va u talabaning hujjatlari ichiga joylashtiriladi. Talabaga hisobotning nusxasi beriladi va talaba qilgan ishidan afsuslangan holatida, hisobotni qo’liga olgan kundan boshlab uch kun ichida, istagiga ko’ra javob berishi mumkin.

C. Agar talabadan sinf xonasini tark etishni ikki marta so’ralganda yoki jiddiy intizomiy huquqbuzarlik sodir qilgan taqdirda, u Akademik sifat jamoasi bilan intizomiy konferentsiyaga taklif qilinadi. Istaklariga ko’ra talaba vakili va uning vasiylari ham ishtirok etishlari uchun taklif qilinadi. Ushbu konferentsiya davomida harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Talaba intizomiy sinovga tortilishi mumkin, yoki maslahat, qo’shimcha mashg’ulotlar yoki boshqa tadbirlar to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkin. Talaba intizomiy sinovga tortilgan taqdirda, uni bir oy ichida boshqa konferentsiyaga taklif qilinadi, u yerda uning intizomiga ko’ra quyidagi qarorlar taklif etiladi – sinov muddatini bekor qilish yoki boshqa intizomiy choralarga o’tish, ya’ni o’qishdan chetlatish.

8. Talaba akademik betartiblikka olib keluvchi har qanday faoliyatdan o’zini chetda tutishi kerak

A. Akademik betartiblik bu – talaba o’z bahosini oshirishga maqsadida haqqoniy bo’lmagan va noo’rin ishlarni amalga oshirishi. Akademik betartiblik o’z ortidan jarima (ballarni yo’qotish) ga olib keladi va bu siz kerakli bahoga ega bo’lmasligingiz, modul yoki malaka darajasidan o‘tmasligingizni anglatadi. Akademik betartiblikni besh ta kategoriyaga bo’lish mumkin:
a) Plagiat, ya’ni chop etilgan yoki nashr etilmagan manbalardagi ma’lumotlar, fikrlar yoki g‘oyalar qaysi manbadan olinganligi ko‘rsatilmagan holda (Sizning ishingizda) nusxalanishi.
b) O’zaro kelishuv, ya’ni ikki yoki undan ortiq talabalar individual ishni yozish uchun birgalikda ishlashganlari natijasida bir xil g’oya va fikrlar matnda keltirilganligi. O’z ishingizni boshqalar ham ko’rishi va undan foydalanishiga to’sqinlik qilishingiz muhim hisoblanadi. Hatto do’stingizga kurs ishini taqdim etishingiz yoki umumiy kompyuterda ishlaganda ishingizni nusxasini ko’chirib olish mumkinligini bilmagan holda qoldirib ketilishi ham o’zaro kelishuv sifatida jarimaga tortilishga olib keladi.
c) Natijalarni qalbakilashtirish, ya’ni talaba o’z kuzatuvlari yoki hisob-kitoblari natijasiga tegishli bo’lmagan natijalar to’plamini taqdim etishi.
d) Imtihon paytidagi noto’g‘i xatti-harakatlar, ya’ni talaba imtihonda adolatsiz afzallikka eishish maqsadi bo’lsa, masalan, shpargalkadan foydalanish, imtihon xonasi ichida yoki tashqarisida kimdir bilan gaplashish, oldindan dasturlashtirilgan kalkulyatordan foydalanish yoki boshqa birovdan nusxa ko’chirish.

B. Siz bajargan barcha ishlar faqat Sizga tegishli ekanligi va Siz foydalangan materiallar kerakli tarzda belgilanishini ta’minlashda javobgarlik o’z zimmangizdadir.

C. LGSB Sizning ishingizni Turnitin kabi onlayn tizim yordamida plagiat sinovidan tekshirib ko’rishi mumkin.

D. Ekspertizani o’tkazishda noto’g’ri xulq yoki kurs ishi, imtihon ishini baholashda o’zaro kelishuv, imtihon natijalarini soxtalashtirish ishlarini olib borganlik 0 bahosini olishga olib keladi. Plagiat ham 0 baho olishga olib keladi. Jazolarning barcha turlari uchun jazo LGSBning Akademik noo’rin munosabatlariga oid siyosatida batafsil tavsiflangan.

9. Kurs ishlarii va imtihonlar

A. Talaba barcha sinov va imtihonlarni belgilangan sanalarga muvofiq topshirishi shart.

B. Sinovlar va imtihonlar paytida, kuzatuvchilar ishtiroki va video yozuv bo’yicha maxsus bayonnoma amal qiladi.

C. Britaniyadagi hamkorlar tomonidan tashkillashtirilgan imtihonlarda ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinishi mumkin, shuning uchun talaba unda belgilangan muddatlarga rioya qilishda shaxsan javobgardir.

D. Takroriy imtihonlar qo’shimcha pul mablag’i evaziga amalga oshiriladi.

10. Aloqa tizimlari

A. Talabalarga individual login bilan korporativ elektron pochta manzili taqdim etiladi.

B. Talaba va o’qituvchi yoki rahbariyat o’rtasidagi yagona tan olingan rasmiy aloqa shakli – bu korporativ elektron pochta.

C. Talaba o’zining korporativ pochta qutisini kuzatishi va maktabning yangiliklar veb-saytidagi yangiliklarni kuniga kamida bir marta tekshirishi shart.

11. Kutubxona va o’quv resurslari

A. LGSB da talabalar uchun bepul taqdim etiladigan kitoblar va boshqa o’quv materiallar mavjud bo’lgan kutubxona mavjud.

B. Talaba vaqtincha olib turgan kitoblarni ehtiyot qilishi va ularni o’z vaqtida va asl holida qaytarishi shart.

C. Agar kitobga shikast yetkazilgan yoki yo’qotilgan bo’lsa, talabalar kitobni yangisiga almashtirish xarajatlari, shu jumladan yetkazib berish xarajatlari uchun javobgardirlar.

12. LGSB va uning hamkorlari Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishlariga rozilik berish

O’qitish va imtihonlarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan holat uchun, talaba o’zining shaxsiy ma’lumotlarini to’plash, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, LGSB va uning rasmiy hamkorlari bilan doimiy aloqada bo’lishga rozilik bildiradi.